Mashhur voleybolchi vafot etdi
Sport
−
08 aprel 2023
5771SSSR terma jamoasi tarkibida 1976 yilgi Olimpiya o‘yinlari kumush medalini qo‘lga kiritgan voleybolchi Larisa Bergen 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda 7 aprel kuni Rossiya voleybol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Rossiya voleybol federatsiyasi afsus bilan Larisa Abramovna Bergen vafot etganini ma’lum qiladi. Biz Larisa Abramovnaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, deyiladi federatsiya xabarida.
Bergen SSSR terma jamoasi tarkibida ikki karra Yevropa chempioni (1971, 1975) va 1973 yilgi Jahon kubogi g‘olibi bo‘lgan. Voleybolchi Olmaotaning ADK va Moskvaning “Dinamo” jamoasida o‘ynagan.
Larisa Bergen sportchilik faoliyatini yakunlagach, familiyasini Goncharovaga o‘zgartirdi va murabbiy bo‘lib ishladi.
LiveBarchasi