Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga keldi

Sport

image

Bugun, 30 sentyabr kuni  Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti Ari Grassa O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.

Uni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev, Sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakat voleybol federatsiyasi mutaxassislari kutib oldi.

Ari Grassaga Xalqaro voleybol federatsiyasi bo‘limlarida faoliyat olib boradigan 4 nafar mutaxassis hamrohlik qilmoqda.

Dasturga muvofiq, Grassaning safari davomida respublikada voleybol sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada ommalashtirish, mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish, O‘zbekistonda voleybol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalarni tashkil etish masalalari muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik voleybolchilar viza muammosi sabab Jahon chempionatida qatnashmaganligi haqida xabar bergandik.

Madina Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

voleybol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made