Mashhur turk oshpazining restoraniga qurolli hujum bo‘ldi
Olam
−
22 mart
11155Kecha, 21 mart kuni dunyoga mashhur restoranlar tarmog‘i egasi turkiyalik Nusret Go‘kchening restoraniga qurolli hujum uyushtirildi. Bu haqda Turkiyaning “Haberler” nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 21 mart kuni tonggi soat 05:00 lar atrofida Istanbulning Beshiktosh tumanidagi restoranlardan birida otishma yuz bergan. Mototsiklda kelgan ikki kishi yemakxonaga hujum qilib, voqea joyidan yashiringan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida hududdan 11 dona bo‘sh patron topilgan. Qorovul hujum sodir bo‘lgan zahoti politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Faqatgina restoran zarar ko‘rgan. Ayni paytda xavfsizlik kameralari yozuvlari tekshirilib, chaqirilmagan mehmonlarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Istanbuldagi Chag‘layan tuman sudi binosiga hujum qilingan edi.