Mashhur sport sharhlovchisi Akrom Toshxo‘jayev olamdan o‘tdi

Sport

image

Bugun, 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, mamlakatda shaxmat sportining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan inson, taniqli sport sharhlovchisi Akrom Toshxo‘jayev 66 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Akrom Toshxo‘jayevning butun mehnat faoliyati O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida o‘tgan. Uzoq yillar “O‘zbekiston” telekanalida, 2004 yildan to nafaqaga chiqqunga qadar “Sport” teleradiokanalida ishlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Akrom Toshxo‘jayev o‘zbekistonlik birinchi va hozircha yagona jahon chempioni (kattalar o‘rtasida) Rustam Qosimjonovning chempionlik toji uchun o‘tkazgan o‘yinlarini yuksak saviyada sharhlagan edi.

Qalampir.uz tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Akrom Toshxo'jaev

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing