Mashhur Nyu-York marafoni bekor qilindi

Olam

image

AQSHda har yili o‘tkazib kelinadigan va minglab odam ishtirok etadigan Nyu-Yorkdagi marafon pandemiya tufayli bekor qilindi. Bu haqda tashkilotchilar bugun, 25 iyun kuni ma’lum qildi.

1970 yildan beri o‘tkazib kelinadigan ushbu tadbir tarixda ikkinchi marta bekor qilindi. Ilk bor 2012 yilda dovul tufayli bekor qilingan edi.

"Marafonni bekor qilish barcha ishtirokchilarni xafa qildi, ammo bu sog‘liq va xavfsizlik nuqtai nazaridan zarur edi. Kelgusi yil sizni kutib qolamiz", dedi marafon rahbari Maykl Kapiraso.

Nyu-Yorkdagi marafon har yili noyabr oyining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Bu yil u 1 noyabr kuni o‘tkazilishi kerak edi. 2019 yilda o‘tkazilgan marafonda 53,6 ming ishtirokchi qatnashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

marafon

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing