Mashhur messenjer Trampning akkauntini butun umrga bloklaydi
Olam
−
14 yanvar 2021
4755Snapchat messenjeri AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning akkauntini butun umrga bloklaydi. Bu haqda kompaniya vakiliga asoslanib xabar berilgan.
Unga ko‘ra, bu ish joriy yil 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan AQSHning saylangan Prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasi paytida amalga oshiriladi.
Kompaniya vakili Trampning akkauntini bloklash, "dezinformatsiya tarqatish, nafrat va zo‘ravonlik qo‘zg‘atish" siyosati asosida jamoat xavfsizligi manfaatlari uchun amalga oshirilishini ta’kidlagan.
Kompaniya vakiliga ko‘ra, bu Snapchat qoidalarini buzish hisoblanadi.
"Biz uning akkauntini butunlay bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildik", degan kompaniya vakili.
Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi. Shundan so‘ng bir qator messenjerlar Trampning akkauntlarini blokladi.
LiveBarchasi