Mashhur kosmetolog Ronalduni sudga berdi
Sport
−
25 noyabr
3589“Al-Nasr” klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z vaqtida Angliyada kosmetik xizmatlar uchun to‘lov qilmagani uchun sudga berildi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kosmetolog Roshan Ravindran portugaliyalik futbolchi 2021 va 2022 yillarda “Manchester Yunayted”da o‘ynagan paytlarda muolajalar uchun to‘lov qilmagan.
Futbolchi 40 ming funt sterling miqdoridagi summani to‘lamagan. Ravindran botoks, filler, terini parvarish qilish va qosh ko‘tarish bo‘yicha faoliyat yuritadi. Da’vo arizasida Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodrigesning ismi ko‘rsatilmagan, biroq kosmetolog nafaqat futbolchining o‘zi, balki uning yaqinlariga ham xizmat qilgani qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Ronaldu hozirda faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirmoqda, uning “Al-Nasr” bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Ronalduning bozor narxi 15 million yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi