Mashhur ispaniyalik futbolchi faoliyatini tugatdi
Sport
−
22 iyul 2023 5572 1 daqiqa
Ispaniyalik taniqli futbolchi David Silva professional futboldagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda “Cadena Ser” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 37 yoshli “Real Sosedad” yarim himoyachisi shu hafta mashg‘ulot paytida olgan jarohati tufayli futbolchilik karerasini tugatishga qaror qilgan.
Silvaning basklar bilan 2024 yilning iyunigacha tuzgan shartnomasi bekor qilinishi kutilmoqda.
Futbolchi “Manchester Siti” va “Valensiya” klublaridagi faoliyati bilan mashhur.
U APLning 4 karra chempioni hisoblanadi. Silva Ispaniya terma jamoasi tarkibida 2010 yilgi Jahon chempionati, shuningdek, 2008 va 2012 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan.
Live
Barchasi