Ispaniya kubogi. “El klasiko”ning birinchi jamoasi finalga chiqdi

Sport

image

2 aprelga o‘tar kechasi Ispaniya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan javob o‘yinida Madridning “Real” klubi o‘z uyida San-Sebastyanning “Real Sosedad” klubini qabul qilib, 4:4 hisobidagi durangga imzo chekdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, turnir finaliga yo‘l oldi.

“Anoeta” stadionida o‘tgan birinchi o‘yinda “qaymoqranglilar” 1:0 hisobida zafar quchgan, “Bernabeu”da o‘tgan o‘yin esa dramatik ko‘rinish oldi.

Bahsning asosiy vaqti 4:3 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘lgach, hakam ekstra taymlarga ruxsat berdi. Ekstra taymning 115-daqiqada Ryudiger tomonidan kiritilgan gol “qirollik klubi”ni finalga olib chiqdi.

Bugun, 2 aprel kuni ikkinchi yarim finalda “Barselona” safarda yana bir Madrid jamoasi “Atletiko” bilan bahs olib boradi. Tomonlar o‘rtasidagi birinchi o‘yinda 4:4 hisobi qayd etilgan.

Shunday qilib, “Real” 26 aprel kuni bo‘ladigan kubok finalida ishtirok etadi. Finalda esa muxlislar yo “El klasiko” yoki Madrid derbisi guvohiga aylanishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing