Maryam Tillyayeva buvisi bilan birinchi marta Oqsaroyga borib, bobosini xotirladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyayeva Toshkentga qaytdi. U buvisi – Karimovning bevasi Tatyana Karimova bilan Oqsaroy qarorgohida o‘rin olgan Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Butun olamni jo qilgan yurak” badiiy ko‘rgazmasini tomosha qildi. 

Maryamning aytishicha, u bobosi vafotidan keyin ilk bor Oqsaroyda bo‘lib turibdi. 

“Do‘stlar men sizlarni bobom sharafiga barpo etilgan xotira yodgorligi va muzeyi bilan tanishtirmoqchiman. Muzey uning vafotidan keyin Oq uyda tashkil etilgan. Hozir bu yerda bobom sharafiga taqdimot bo‘lyapti. Ammo undagi barcha portretlar uning vafotidan keyin tayyorlangan. Negaki u suratga tushishni yoqtirmagan. Men bu yerda bo‘lmaganim uchun bularning barini ko‘rish qiziq”, deydi Maryam Instagram’dagi sahifasida. 

U tarmoqdagi foydalanuvchilariga ko‘rgazmadan o‘rin olgan suratlarni ko‘rsatib, bolalik xotiralarini va bobosi bilan o‘tkazgan damlarini yodga olgan. 

O‘tgan yilning noyabrida Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova ham buvisi Tatyana Karimova bilan darz ketgan munosabatlarni tiklab, Oqsaroy qarorgohiga borgan edi. 

Maryamning qayd etishicha, Islom Karimov muzeyi ayni vaqtda ta’mirlanmoqda. 

Maryam Tillyayeva rossiyalik bloger Amiran Sardarov bilan 2021 yilning aprel oyida turmush qurdi. Shu yilning avgust oyida esa ijtimoiy tarmoqlarda Maryam Tillyayevaning yalang‘och holatdagi surati tarqaldi. Keyinroq ushbu surat uning turmush o‘rtog‘i Amiran Sardarovning Instagram’dagi sahifasidan ko‘chirib olingani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarni keltirib chiqardi. Ko‘pchilik Maryamni bobosi Islom Karimovning xotirasiga hurmatsizlikda aybladi. 

Oradan ko‘p o‘tmay, Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali bayonot bilan chiqib, bu qizining shaxsiy hayoti ekani va uni Birinchi Prezident Islom Karimov bilan bog‘lash noo‘rinligi haqida gapirdi

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev qizi Maryam bilan aloqalarni uzgan. Bu haqda  Amiran Sardarov o‘tgan yilning dekabr oyida bergan intervyusida so‘z ochgan. 

Amiranning aytishicha, u Maryamning hayotida paydo bo‘lgach, qizning ota-onasi u bilan aloqalarni uzgan. Ular Amiranni oilaga mos kuyov sifatida qabul qilmagan. 

Fevral oyi boshida Amiran Maryam bilan ajrashganini e’lon qildi. Hozirgacha Tillyayeva bu masalada izoh bergani yo‘q. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov Tat'yana Karimova Maryam Tillyaeva

Baholaganlar

482

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing