Martines Ronalduga yuqori baho berdi
Sport
−
08 iyun 2024 4654 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu haqida gapirib, uning yetakchilik xislatiga yuqori baho berdi.
“Bu Ronalduning oltinchi chempionati va u bu turnirda besh marta o‘ynagan yagona futbolchi. U jahon futboli uchun noyob yutuq hisoblanadi. Ronaldudagi tajriba bu musobaqada biz uchun juda muhim. Shuningdek, bizda boshqa yulduz futbolchilar bor va ular Krishtianuga yordam berish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilishga tayyor”, deydi Martines.
Qayd etish joiz, Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 2003 yil 20 avgustda debyut qilgan. Shu vaqtga qadar hujumchi 206 o‘yinda maydonga tushib, 128 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. U terma jamoa bilan 2016 yil Yevropa chempionligini, 2019 yilda esa Millatlar ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasiga Yevro-2024 guruh bosqichida Chexiya, Turkiya va Gruziya jamoalari raqiblik qiladi.
Xabibulloh Rayimov