Martda iste’mol mahsulotlarining narx-navosi qancha bo‘lgani aytildi

Jamiyat

image

Joriy yilning mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1 foizga oshgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yilning mart oyida iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 11,7 foizga yetgan. 

Keltirilishicha, 2023 yilning mart oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,6 foizga oshgan. Shuningdek, shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,7 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 0,4 foizga oshgani kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

narx-navo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing