Mart oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
Jamiyat
−
19 fevral 2024 119116 1 daqiqa
Joriy yilning mart oyida havo harorati tez ko‘tarila boshlaydi: o‘rtacha havo harorati fevralga nisbatan 5-6 daraja, shimolda esa 7-8 daraja yuqori bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lumot berdi.
Jahon prognozlash markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, mart oyi nisbatan salqin bo‘lishi taxmin qilinmoqda. O‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 1-2 darajaga past, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lib, 4-9 darajani, janubda 10-11 darajani tashkil etadi.
Oy davomida harorat kechalari -0/-5 darajadan 5-10 darajagacha, kunduz kunlari 5-10 darajadan 17-22 darajagacha, janubda 20-25 darajagacha keskin o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Shuningdek, Respublika hududining katta qismida oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida, ba’zi joylarda undan ko‘p bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr