Mart oyida kuchli magnit bo‘ronlari kutilyapti

Jamiyat

image

Joriy yilning 9-10 mart kunlari bahorning ilk oyidagi eng kuchli magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda  “Izvestiya” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 15, 16, 21 va 22 mart kunlari ham o‘rtacha intensivlikdagi geomagnit tebranishlari davom etadi. Oyning so‘nggi magnit bo‘roni 27-28 mart kunlari ro‘y beradi va bu ta’sirchan odamlar uchun qon bosimining ko‘tarilishi va umumiy salomatlikning yomonlashishiga sabab bo‘lishi  mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, magnit bo‘ronlari yuqori yoki past qon bosimiga moyil bo‘lgan yurak-qon tomir kasalliklariga yo‘liqqan odamlarga ta’sir qiladi. Uning ta’sirida qon tomirlarining nazoratsiz torayishi va kengayishi sababli, shifokorlar ob-havoga bog‘liq migren, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, apatiya va umumiy holsizlik holatlarini qayd etadi.

Ma’lumot uchun, magnit bo‘ronlari Quyosh-Yer fizikasining eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, unga nisbatan "kosmik ob-havo" atamasi qo‘llaniladi. Magnit bo‘ronlar - Quyoshdagi tebranishlar oqibatida bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadigan Yer magnit maydonidagi buzilishlardir. Ular sun’iy yo‘ldosh va boshqa texnologiyalarga ham ta’sir qilishi mumkin.

Bunday paytda kamida 7-8 soat uxlash maslahat beriladi. Ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.

Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni kuzatilganida salomatlik uchun foydali bo‘ladi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

magnit bo'roni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing