Marsni “zabt etish” insonlardan qurbonlik talab qilish mumkin

Olam

image
0:00
0:00
download

SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask Mars sayyorasini o‘zlashtirish insoniyatdan qurbonlik talab qilishi mumkinligini va shu bilan bir qatorda Qizil sayyoraga faqatgina ko‘ngillilar yuborilishini ta’kidladi. Bu haqda milliarder CNN’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Ochiqchasiga aytadigan bo‘lsam, bir guruh insonlar o‘lishi mumkin. Bu vazifani uddalash oson ish emas ”, deydi Mask.

SpaceX rahbari so‘zida davom etib, kompaniya hech kimni Marsga majburan yubormasligini, faqatgina ko‘ngillilar bu vazifani bajarishini aytdi.

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, Marsga o‘z ixtiyori bilan bormoqchi bo‘lgan minglab insonlar bor, balki millionlab ham bo‘lishi mumkin.

“Bu biz tirik qaytmasligimiz ham mumkin bo‘lgan anchagina murakkab va xavfli sayyohat. Ammo shu bilan birga bu yoqimli sarguzasht, jozibali tuyiladi. Mars aynan biz istagan yer. Bu esa Marsning reklamasi”, deya hazil qilgan Ilon.

Ma’lumot uchun, Ilon Mask insoniyat Oyda doimiy baza qurish, keyinchalik Mars sayyorasida shahar barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi lozimligini aytgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Maskning kompaniyasi maymun miyasiga chip joylashtirib, unga “Ping Pong” o‘ynatgandi. Bu voqea aks ettirilgan video insonlarga taqdim qilingandan so‘ng, Ilon Mask muvaffaqiyatidan ilhomlanib, o‘zining Twitter sahifasida “Neuralink” kompaniyasi falaj bo‘lgan odamlarning miyasiga chip o‘rnatishi, bu esa ularga barmoqlarini ishlatishdan ham tezroq, fikr kuchi bilan smartfonlardan foydalanishga yordam berishini aytib o‘tgan.

 

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Mars

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing