Marshal Do‘stum O‘zbekistonda bo‘lib turibdi — OAV

Olam

image
“Tolibon” terrorchilar Afg‘onistondan boshqa davlatga hujum qilmasligiga va’da berdi north_east

“Tolibon” terrorchilar Afg‘onistondan boshqa davlatga hujum qilmasligiga va’da berdi

Afg‘onistondagi eng obro‘li shaxslardan biri, harbiy va siyosatchi, asli kelib chiqishi o‘zbek Marshal Abdul Rashid Do‘stum kecha, 14 avgust kuni Mozori-Sharif shahri “Tolibon” tomonidan egallangach, O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tgan va hozirda qo‘shni davlat hududida bo‘lib turibdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Do‘stum kecha o‘zbek-afg‘on chegarasini kesib o‘tgan bir guruh harbiylar bilan vaqtincha O‘zbekiston hududida bo‘lib turibdi”, degan agentlik manbasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda o‘zbek tomoni vakillari Marshal Do‘stum bilan muzokara olib bormoqda, ularning mazmuni oshkor qilinmagan.

“Reuters” nashri ham Marshal Do‘stum O‘zekistonga o‘tib ketganini yozgan. Nashr Ato Muhammad Nur va Margal Do‘stum kabi obro‘li shaxslarning mamlakatni tark etishini Afg‘onistonda Sovet qo‘shinlari chiqib ketganidan keyin shakllangan avlod almashinuvi boshlanishi, deb izohlagan.

Avvalroq, QALAMPIR.UZ Marshal Do‘stum o‘zbek-afg‘on chegarasini kesib o‘tgani haqida xabar bergan edi.

Ma’lumot uchun, 14 avgust kuni kechasi esa 84 nafar Afg‘oniston harbiy xizmatchisi O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tdi. TIV ularni ortga qaytarish bo‘yicha “Tolibon” va rasmiy hukumat bilan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

1619

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing