“Tolibon” terrorchilar Afg‘onistondan boshqa davlatga hujum qilmasligiga va’da berdi

Olam

image

“Tolibon” harakati Afhonistondagi terrorchi tashkilotlar mamlakat hududidan boshqa davlatlarga qarshi harakatlar uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymasligiga ishontirmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Biz hech kimga Afg‘oniston hududini hech bir davlatga, shu jumladan qo‘shni davlatlarga qarshi ishlatishga yo‘l qo‘ymaslik prinsipida sodiqmiz”, degan harakat vakili Muhammad Suxayl Shohin.

Bundan tashqari, Shohin “Tolibon” Pokistonda joylashgan terrorchilik guruhlari bilan aloqada ekani haqidagi fikrlarni rad etgan.

“Bu asossiz da’volar. Ular haqiqiy dalillarga emas, balki bizga nisbatan ma’lum siyosiy munosabatlarga asoslangan”, deya ta’kidlagan u.

So‘nggi sutkalarda Afg‘onistondagi vaziyat xaddan ziyod taranglashdi. “Tolibon” amalda butun mamlakatni egalladi. Yirik shaharlardan faqatgina poytaxt Qobul hukumat nazoratida qolgan. Ammo, arab nashrlari bugun Qobul va umuman Afg‘onistondagi hukumatni rasman “Tolibon”ga topshirilishi haqida xabar tarqatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

895

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing