Marokashdagi zilzila qurbonlari ikki barobarga ko‘payib ketdi
Olam
−
09 Sentabr 2023
4706Avvalroq Marokashda 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lishi oqibatida 296 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa qurbonlari soni ikki baravardan ham oshib ketgan. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 8 sentyabr kuni sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 632 nafarga yetgan, yana 329 kishi jarohat olgan va ularning 51 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur zilzila intensivligini hisobga olgan holda mamlakat yana bir nechta kuchli zilzilalarga tayyor turishi kerak. Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetining fuqarolik va atrof-muhit muhandisligi professori Jonatan Styuart ushbu zilzilalarning har biri 5 balldan yuqori magnitudaga ega bo‘lishini aytmoqda.
“Yana bir ehtimol, juda nozik bo‘lsa-da, juma (8 sentyabr) oqshomidagi zilzila bundan ham kuchliroq zilzila boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin edi”, deydi u.
Styuartga ko‘ra, zilzila shu yil boshida Turkiyada sodir bo‘lgan 7,8 magnitudali zilziladan 30 barobar kuchsizroq bo‘lsa-da, u hali ham juda katta energiya ishlab chiqarmoqda, bu esa ehtimoliy katta talafotlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ya’ni Marokashdagi zilzila epitsentri o‘rta bo‘lakli hududda sodir bo‘lgan, bu yirik zilzilalar uchun nisbatan g‘ayrioddiy holat hisoblanadi.
LiveBarchasi