Marokashda avtobus halokatga uchrashi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Marokashda mamlakatning markaziy qismida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Maghreb Arabe Press” agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.

Agentlikka ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi Azilal viloyatidagi trassada sodir bo‘lgan. Gap shundaki, viloyat g‘arbidagi Demnat shahriga ketayotgan avtobus burilishlardan birida ag‘darilib ketgan.

Voqea joyiga mahalliy amaldorlar, fuqaro muhofazasi xodimlari va jandarmeriyasi xodimlari yetib kelgan. Rasmiylar voqea yuzasidan tergov boshlagan.

Mamlakatning Milliy yo‘l harakati xavfsizligi agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili Marokashda avtohalokatda 3000 dan ortiq odam halok bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonning Xatlon viloyatida joylashgan Ko‘lob shahrida yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 10 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

halokat avtobus Marokash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made