Marokash Argentinani mag‘lub etib, Jahon chempioniga aylandi
Sport
−
20 Oktabr 2025 3545 1 daqiqa
Marokash bugun, 20 oktyabrga o‘tar kechasi Santyagodagi (Chili) “Nasional - Xulio Martines Pradanos” stadionida 2025 yilgi U-20 Jahon chempionatining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Argentina va Marokash terma jamoalari to‘qnash keldi. O‘yin marokashliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, Shimoliy Afrika jamoasi U-20 JCH-2025 g‘olibi bo‘ldi.
Marokashlik futbolchilar safida 20 yoshli hujumchi Yassir Zabiri ikki gol urib, dubl qayd etdi. Futbolchi 19-daqiqada hisobni ochdi, 29-daqiqada esa Marokash terma jamoasi ustunligini oshirdi.
Ma’lumot uchun, 2023 yilda U-20 JCH g‘olibi Urugvay yoshlar terma jamoasi bo‘lgan edi. Eng ko‘p g‘alaba qozongan milliy jamoa esa Argentina bo‘lib, olti marta chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Jahongir Inomjonov
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar