Marokash Afrika kubogidan 1,2 mlrd dollargacha daromad olishi mumkin
Sport
−
25 dekabr 2025 1713 1 daqiqa
Marokash Afrika kubogini o‘tkazish orqali 450 million dollardan 1,2 milliard dollargacha daromad olishi mumkin. Bu haqda “The Voice” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, joriy yilning 22 dekabr kuni boshlangan ushbu musobaqaga mezbonlik qilish Marokashda turizm sohasiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, mamlakat qo‘shimcha 500 mingdan 1 milliongacha xorijiy mehmon qabul qilishi kutilmoqda. Mehmonxona biznesi, transport, kafe va restoranlardan tushadigan umumiy daromad 450 million dollardan 1,2 milliard dollargacha bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Marokash o‘yinlarning translyatsiya huquqlarini sotishdan 22,5 million dollar daromad olishi rejalashtirilgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Marokash rasmiylari Afrika Kubogiga tayyorgarlik ko‘rish uchun taxminan 16,3 milliard dollar sarflagan. Ushbu infratuzilma kelgusida Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladigan 2030 yilgi Jahon chempionati uchun ham foydalaniladi.
Ma’lumot uchun, Afrika Kubogi joriy yilning 22 dekabr kuni boshlangan va 2026 yilning 18 yanvariga qadar davom etadi. Turnirning amaldagi chempioni Kot-d'Ivuar milliy terma jamoasi hisoblanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025