Marko Asensio jarohatidan forig‘ bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi futbolchisi Marko Asensio tizzasidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Oradan 8 oy o‘tib xavbek yakka tartibda mashg‘ulotlarga kirishdi. Koronavirus pandemiyasi sabab Ispaniyada karantin joriy etilgani bois Asensio uy sharoitida mashg‘ulot o‘tamoqda. Marko Asensio "Real Madrid" tarkibida so‘nggi bor o‘tgan yili iyul oyida maydonga tushgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalgani bois Yevropada kuchli beshlik chempionatlari to‘xtatilgan. Milliy chempionat bahslari qachon davom ettirilishi noma’lum. 

Eslatib o‘tamiz, Marko Asensio 2016 yili "Espanol" jamoasidan "Real Madrid" klubiga ko‘chib o‘tgan. Asensio "Qirollik klubi" safida barcha musobaqalarda 135 marotaba maydonga tushib raqiblar darvozasini 27 bor ishg‘ol qilgan va 17 ta golli uzatma oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Real Madrid Marko Asension

Baholaganlar

20

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing