Markaziy Osiyoning yana bir davlati fuqarolariga AQSHga kirish taqiqlanishi mumkin

Olam

image

AQSHga kirishi taqiqlanishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga Misr, Qirg‘iziston va yana 34 ta davlat qo‘shilishi mumkin. Mamlakat Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ularga kirishni cheklash yoki vizalarni berishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, yangi cheklovlar ro‘yxatiga 25 ta Afrika davlati, shuningdek, Misr va Qirg‘iziston ham kiradi. AQSH Davlat departamenti Davlat kotibi Marko Rubio tomonidan imzolangan maxsus memorandumni diplomatik xodimlarga yuborgan. Unda ro‘yxatdagi mamlakatlarga yangi talab va ko‘rsatkichlarni bajarish uchun 60 kunlik muddat berilgan.

Memorandumdagi asosiy sabablar quyidagilar:

  • Ayrim davlatlarda “ishtirokchi va hamkorlik qilishga tayyor markaziy hokimiyat yo‘qligi”;
  • Davlat organlarida keng tarqalgan firibgarlik holatlari;
  • AQSH vizasini olgan fuqarolarning muddatdan oshiq mamlakatda qolishi;
  • Investitsiya evaziga yashash talabisiz fuqarolik berilayotgan davlatlar mavjudligi;
  • Ayrim davlatlardan kelgan shaxslarning AQSHda “antisemitik va antiamerikancha faoliyat” olib borgani.

Memorandumda tilga olingan davlatlar ro‘yxati:

Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Butan, Burkina-Faso, Kabo-Verde, Kambodja, Kamerun, Kot-d’Ivuar, Kongo Demokratik Respublikasi, Jibuti, Dominika, Efiopiya, Misr, Gabon, Gambiya, Gana, Qirg‘iziston, Liberiya, Malavi, Mavritaniya, Niger, Nigeriya, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, San-Tome va Prinsipi, Senegal, Janubiy Sudan, Suriya, Tanzaniya, Tonga, Tuvalu, Uganda, Vanuatu, Zambiya va Zimbabve.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp tomonidan imzolangan yana bir farmonga ko‘ra, 12 davlat, jumladan Turkmaniston, Eron va Afg‘oniston fuqarolarining AQSHga kirishi rasman taqiqlangan edi.

Shuningdek, mart oyida OAV Tramp ma’muriyati 43 davlat fuqarolariga AQSHga kirish tartibini yanada kuchaytirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini xabar qilgandi. O‘shanda uch darajadagi cheklovlarni o‘z ichiga olgan tavsiyalar ro‘yxati ishlab chiqilgani aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh viza Donal'd Tramp Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing