Markaziy Osiyoning eng “yopiq davlatlari” ma’lum bo‘ldi
Olam
−
09 dekabr 2023
35460Tojikiston va Turkmaniston Markaziy Osiyodagi eng “yopiq davlatlar” deb topildi. Bu haqda CIVICUS Global Fuqarolik jamiyati tomonidan tuzilgan reytingda keltirilgan.
Ushbu reytingda Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ball – 40 ball bo‘lib, Qirg‘izistonga nasib etgan. Qozog‘istonda 27, O‘zbekistonda 18 ochko bor. Tojikiston esa 12 ball qayd etgan bo‘lsa, Turkmaniston 8 ball olgan.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, Markaziy Osiyoda ta’qib qilib qo‘rqitish va o‘zgacha fikrni bostirish tez-tez qo‘llanilib kelgan, jurnalistlar va huquq himoyachilarini ta’qib qilish esa mintaqadagi eng keng tarqalgan qonunbuzarliklar qatoriga kiradi.
Umuman olganda, reyting tuzilayotganda hisobga olingan dunyoning 198 ta davlatidan 28 tasi yopiq, 50 tasi repressiv, 40 tasi obstruktiv, 43 tasi toraytirilgan va 37 tasi ochiq davlat deb topilgan.
“Yopiq” deb tasniflanishi mamlakatda qo‘rquv va zo‘ravonlik ustuvorligini, odamlar o‘zlarining fuqarolik huquqlarini, tinch yig‘ilishlar va so‘z erkinligini amalga oshirgani uchun muntazam ravishda qamoqqa olinayotgani va hujumga uchraganini anglatadi.
1993 yilda tashkil etilgan Fuqarolik ishtiroki uchun global alyans CIVICUS butun dunyo bo‘ylab 20 dan ortiq inson huquqlari bo‘yicha NNT va ijtimoiy harakatlarni birlashtirgan xalqaro harakatdir.
Tashkilotga 170 dan ortiq mamlakatlarda 8500 dan ortiq a’zolar kiradi. CIVICUS shtab-kvartirasi Yoxannesburgda joylashgan bo‘lib, Jeneva va Nyu-Yorkda vakolatxonalari mavjud.
LiveBarchasi