Markaziy Osiyoga xalqaro terrorchilik tashkilotlarining guruhlari kirib kelishi ehtimoli ortmoqda – Sergey Shoygu
Jamiyat
−
29 aprel 2023
14904Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 28 aprel kuni Hindiston poytaxtida o‘tkazilgan SHHTga a’zo davlatlarning Mudofaa vazirlari yig‘ilishida Markaziy Osiyoda vaziyat keskinlashishi mumkinligiga sha’ma qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qayd etilishicha, u Afg‘onistonda mustahkamlangan radikal ekstremistik guruhlarning harakati kuchayganini ta’kidlagan.
"Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat yanada keskinlashishi uchun zarur sharoitlar mavjud. Shu bilan birga, asosiy tahdid Afg‘oniston hududida mustahkamlangan ko‘plab radikal ekstremistik guruhlardan kelib chiqadi, ular qo‘shni respublikalarda o‘z g‘oyalarini ilgari surish bo‘yicha harakatlarni kuchaytirdilar”, deydi u.
Uning aytishicha, mintaqaga “Al-Qoida”, ISHID, “O‘zbekiston islom harakati”, “Sharqiy Turkiston islom harakati” kabi xalqaro terrorchilik tashkilotlarining guruhlari kirib kelishi ehtimoli ortmoqda.
“Bu bizdan terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha aniq muvofiqlashtirish va sa’y-harakatlarni kuchaytirishni, mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni talab qiladi”, degan Shoygu o‘zining yig‘ilishdagi nutqida.
Shuningdek, Rossiya Mudofaa vaziri xalqaro va mintaqaviy yordam bo‘lmasa, Afg‘oniston qiyinchiliklarni yakka o‘zi hal qilishga qiynalishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti devoni raisi Andrey Yermak Markaziy Osiyo davlatlariga murojaat yo‘llagandi. Jumladan, unda Rossiyaning Afg‘oniston bo‘yicha siyosatiga ham to‘xtalib o‘tilgan. Yermak, murojaatida garchi “Tolibon” Rossiyada terrorchi tashkilot sifatida ko‘rilsa ham mamlakat u bilan yaqin munosabatlar o‘rnatganini yozgandi.
“Bugungi kunda ko‘pchilik bunday konvergensiyani barqarorlashtiruvchi omil sifatida ko‘rib chiqishga moyil. Ammo keyin nima bo‘ladi? Kremlning radikal harakatlardan foydalanishining uzoq tarixini hisobga olsak, bu savolga javob berish oson. “Arzonroq” imperiya qurishga urinib, Prezident Vladimir Putin davridagi Rossiya qayta-qayta reket strategiyasiga murojaat qiladi: Kreml muammo yaratishga intiladi va keyin uni hal qilish uchun o‘zining (sukut bo‘yicha - muqobili bo‘lmagan va juda qimmat) xizmatlarini taklif qiladi”, degan edi u.
LiveBarchasi