Markaziy Osiyodagi tinchlikka tahdid soluvchi omil nima ekani aytildi

Olam

image

Afg‘onistonda ISHID terrorchilik tashkiloti jangarilari soni 6,5 ming nafarga yetdi. Bu haqda 13 fevral, seshanba  kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) Birlashgan shtab boshlig‘i Anatoliy Sidorov ma’lum qildi.

“Hozirgi vaqtda ISHIDning afg‘on bo‘limidagi terrorchilari soni sezilarli darajada oshdi va 6,5   mingga yaqin jangarini tashkil etadi. Ulardan 4 ming nafari Tojikistonning janubiy chegaralarida, Badaxshon, Qunduz va Tohar viloyatlarida to‘plangan”, degan u.

Sidorovga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikka asosiy tahdid Afg‘onistonda mustahkam o‘rnashib olgan ko‘plab ekstremistik guruhlardan kelib chiqadi. Eng katta xavf  ISHID va “Al-Qoida”  tomonidan bo‘lib turibdi”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Bundan tashqari, “Tolibon” rahbariyatining milliy va diniy ozchiliklarga zulm qilish siyosati, uning ichida birdamlikning yo‘qligi va qarama-qarshiliklarning kuchayishi, iqtisodiy vaziyatning tanazzulga uchrashi va gumanitar muammolarning keskinlashuvi mintaqadagi vaziyatning beqarorlashishiga xizmat qilayotgani ta’kidlangan.

Sidorov, shuningdek, nazoratsiz giyohvand moddalar savdosi va qurollarning noqonuniy tarqatilishi yuqoridagi omillar bilan birgalikda Afg‘onistonning fuqarolar urushiga qaytish ehtimolini oshirishini bashorat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “The Washington Post” nashri Afg‘oniston ISHID uchun asosiy markazga aylangani haqida ma’lum  qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Markaziy Osiyo KXShT Anatoliy Sidorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing