Markaziy Osiyoda shifokorlar oyligi solishtirildi? O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Bu qiziq

image

Markaziy Osiyo davlatlari odamlari, tili, madaniyati va yashash tarzi jihatdan bir-biriga o‘xshash hisoblanadi. Ularning aholisi haqidagi ma’lumotlar ko‘pchilik uchun qiziq. Ayniqsa, mintaqadagi ma’lum soha vakillarining oylik maoshlari haqidagi axborot hech kimni befarq qoldirmaydi. “Asia-plus” nashri Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi shifokorlar maoshini solishtirgan holda jadval tuzdi.

Unga ko‘ra, mintaqadagi davlatlar orasida Qozog‘iston shifokorlari eng ko‘p maosh olsa, Tojikistondagi shifokorlar eng kambag‘al hisoblanadi. Nashr Tojikistondagi ushbu past ko‘rsatkich boshqa barcha reytinglarda ham aks etishini aytib, “an’anaga ko‘ra” deya kinoya qilgan.

O‘zbekiston esa ushbu jadvalda 5 davlat o‘rtasida 3-pog‘onani zabt etgan. O‘zbek doktorlarining oylik ish haqi qozoq hamkasblarinikiga nisbatan deyarli 4 baravar kamligi keltirilgan.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, malaka darajasiga, ish stajiga va navbatchilik kunlarining soniga qarab, Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida shifokorlar sog‘liqni saqlash muassasalarining pullik xizmatlari hisobiga ish haqiga qo‘shimcha haq oladi.

Quyida Markaziy Osiyo davlatlarida shifokorlarning oylik maoshi AQSH dollari va o‘z pul birliklarida keltirilgan:


Maqola muallifi

Teglar

maosh Markaziy Osiyo shifokorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing