Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlaridagi narxlar solishtirildi. Toshkentda ahvol qanday?

Jamiyat

image

“Aziya-Plyus” nashri Rossiya va Markaziy Osiyoning 5 ta davlati poytaxtidagi mahsulotlar uchun narxlarni solishtirib chiqdi. Bular: Dushanbe (Tojikiston), Toshkent (O‘zbekiston), Bishkek (Qirg‘iziston), Nur-Sulton (Qozog‘iston) va Moskva (Rossiya). Ushbu poytaxtlarda kartoshka, sabzi, piyoz, un, guruch, go‘sht, sut, makaron, shakar, tuxum, o‘simlik yog‘i narxlarini solishtirildi.

Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlarida mahsulotlar uchun eng arzon va eng qimmat narxlar qayerda ekani ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkentda mahsulotlar uchun narxlar o‘rtacha. Xuddi shunday holat Tojikiston poytaxti Dushanbeda ham kuzatilmoqda. Bishkek (Qirg‘iziston) va Nur-Sultonda (Qozog‘iston) esa narxlar juda yuqori. 

Solishtirish natijalariga ko‘ra:

10 kilogramm un uchun eng yuqori narx Nur-Sultonda (3260 tenge yoki 7,65 dollar) ekani aniqlandi. Moskvada esa ikki barobar arzonroq (320 rubl yoki 3,1dollar). Toshkentda esa 50 ming so‘m (4,69 dollar), Dushanbeda 50 somoni (4,38 dollar), Bishkekda esa 338 som (3,99 dollar).

1 kilogramm go‘sht uchun narx deyarli barcha poytaxtlarda bir xil. Eng arzon narx Moskvada (392 rubl yoki 5,29 dollar), eng qimmat narx esa Toshkentda (63 ming so‘m yoki 5,91dollar). Bishkekda bir kilogramm go‘sht 465 som (5,49 dollar), Nur-Sultonda 2354 tenge (5,52 dollar), Dushanbeda esa 65 somoni (5,7 dollar) turadi.
 
Eng arzon o‘simlik yog‘i (1 litr) Moskvada topilgan (80 rubl yoki 1,08 dollar), va yeng qimmat Dushanbe (22 somoni yoki 1,93 dollar). Nur-Sultonda 751 tenge (1,76 dollar), Bishkek va Toshkentda esa bir xil 159 som yoki 20 ming so‘m (1,88 dollar) turadi.

Eng arzon sut Dushanbeda (6 somoni yoki 0,53 dollar), eng qimmati esa Moskvada (50 rubl Toshkentda bir litr sut narxi 6 ming so‘m (0,56 dollar), Bishkekda 50 som (0,59 dollar), Nur-Sultonda 280 tenge (0,66 dollar).

Nur-Sultonda 1 kilogramm guruch uchun 420 tenge (0.99 dollar) narxda sotishadi. Eng qimmat narx esa Moskvada 100 rubl (1.35 dollar )ni tashkil qiladi. Bishkekda bir kilogramm guruch narxi  90 som (1,06 dollar), Toshkentda 12 ming so‘m (1,13 dollar), Dushanbeda esa 14 tenge(1,23 dollar).

Markaziy Osiyo davlatlarining poytaxtlari ichida eng arzon makaron Bishkekda 52 som (0,61 dollar). Eng qimmat makaron esa Moskvada 80 rubl (1,08 dollar). Nur-Sultonda bir kilogramm makaron 300 tenge (0,7 dollar), Toshkentda 8 ming so‘m (0,75 dollar), Dushanbeda esa 9 somoni (0,79 dollar). 

Moskvada eng arzon shakarni kilogrammiga 46 rubl (0,62 dollar) narxda sotishadi. Eng qimmat narx Dushanbeda 10 somoni (0,88 dollar). Nur-Sultonda bir kilogramm shakar 300 tenge (0,70 dollar), Bishkekda 62 som (0,73 dollar), Toshkentda esa 8,5 ming so‘m (0,8 dollar) turadi.

10 ta tovuq tuxumi eng arzon narxda Moskvada – 60 rubl (0,81dollar) dan sotiladi. Eng qimmat narx esa Bishkekda 88 som (1,04 dollar). Toshkentda 10 ta tuxum uchun narx 10 ming so‘m (0,94 dollar) ni tashkil qiladi. Dushanbeda 11 somoni  (0,96 dollar), Nur-Sultonda esa 435 tenge (1,02 dollar).

Eng arzon kartoshka Dushanbeda – 4 somoni (0,35 dollar) va eng qimmat narx Moskvada –67 rubl (0,9 dollar). Bishkekda bir kilogramm kartoshka 35 som (0,41 dollar), Toshkentda 5 ming so‘m (0,47 dollar), Nur-Sultonda esa 253 tenge (0,59 dollar) turadi.

Nur-Sultonda eng arzon sabzini kilogrammiga 256 tenge (0,60 dollar) narxda sotishadi. Eng qimmat sabzi Moskvada 99 rubl (1,34 dollar). Dushanbeda bir kilogramm sabzi 7 somoni (0,61dollar), Bishkekda 65 som (0,77 dollar), Toshkentda esa 9 ming so‘m  (0,84 dollar) turadi.

Eng arzon piyoz Dushanbeda 1,10 somoniy (0,096 dollar) dan sotiladi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining ikki poytaxtida piyoz bir xil turadi va shu bilan birga uning narxi boshqa davlatlar orasida yeng yuqoridir. Bu Nur-Sulton (109 tenge yoki 0,26 dollar) va Bishkek (22 som yoki 0,26 dollar). Toshkentda piyoz narxi 2 ming so‘m (0,19 dollar), Moskvada esa 16 rubl (0,22 dollar) ni tashkil qiladi.

Markaziy Osiyo davlatlarining poytaxtlaridagi mahsulot narxlari bilan tanishdik, endi ushbu poytaxtlarda o‘rtacha ish haqqini tahlilini ko‘rsak. Unga ko‘ra, joriy yilning boshida Dushanbeda o‘rtacha ish haqqi 1323,9 somoni (116,09 dollar) ni tashkil qilgan. Bishkekda 22 ming 738 som (268,5 dollar), Toshkentda 3 million 984 ming 738 so‘m (375 dollar), Nur-Sultonda 307,5 ming tenge (720,17dollar), Moskvada 117 ming 769 rubl  (1583,99 dollar) ni tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo

Baholaganlar

419

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing