Markaziy Osiyo davlatlari suv taqsimotini kelishib oldi
Olam
−
18 aprel
13892Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryodan suv ajratdi. Bu haqda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yig‘ilishida kelishib olindi.
Ushbu yig‘ilishda eng muhim masala Sirdaryo va Amudaryo havzalarida 2024 yilgi vegetatsiya davri uchun mamlakatlarning suv olish limitlari va suv omborlari kaskadlarining prognoz ish rejimini tasdiqlash bo‘ldi.
Hozircha Markaziy Osiyo davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasi saytida mintaqa davlatlari tomonidan dalalarni sug‘orish uchun qancha suv olinishi, Orol dengiziga qancha suv yetkazilishi haqida ma’lumot yo‘q.
Har yili limitga ko‘ra, bor-yo‘g‘i bir yil ichida Amudaryo havzasidan suv olish 56 milliard kub metrni tashkil etadi, shundan 40 milliard kub metrga yaqin suv vegetatsiya davrida – apreldan oktyabrgacha to‘g‘ri keladi.
Ushbu kelishuvga ko‘ra, o‘tgan yillarda vegetatsiya davrida Tojikistonga 6,9 milliard kub metr, O‘zbekistonga 16 milliard, Turkmanistonga 15,5 milliard kub metr suv yetkazib berilgan.
Sirdaryo havzasidan har yili suv olish chegarasi taxminan 11,9 milliard kub metrni tashkil etadi, shundan Tojikistonga 1,9 milliard kub metr, O‘zbekistonga 8,8 milliard, Qozog‘istonga 920 million, Qirg‘izistonga 270 million kub metr suvni yozgi vegetatsiya davrida olish mumkin.
2024 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarida sug‘oriladigan yerlar maydoni:
- O‘zbekiston – 4,3 mln gektar;
- Qozog‘iston - 2,5 million gektar;
- Turkmaniston - 1,9 million gektar;
- Qirg‘iziston - 1 million gektar;
- Tojikiston - 0,68 million gektar.
LiveBarchasi