Markaziy Osiyo davlatlari FVV rahbarlari Qirg‘izistonda yig‘ildi
Olam
−
15 avgust
3655Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida Markaziy Osiyo respublikalari Favqulodda vaziyatlar vazirlari yig‘ildi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qirg‘iziston FVV rahbari Boobek Ajikeyev o‘z nutqi davomida hamkasblariga mintaqaning tabiiy ofatlarga zaifligi haqida gapirgan.
“Markaziy Osiyo tabiiy ofatlarga, zilzilalardan tortib ko‘chki va suv toshqinlarigacha doimo duchor bo‘lgan zaif mintaqa bo‘lib qolmoqda”, deydi u.
Qirg‘iziston vaziri ushbu tadbir aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish maqsadida konstruktiv muloqot, hamkorlik, axborot va tajriba almashish uchun muhimligini ta’kidladi.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda vazirlardan tashqari BMT agentliklari, donorlar, xalqaro va nodavlat tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.
Markaziy Osiyo mamlakatlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarlari tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va favqulodda vaziyatlar sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda mintaqada ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday dasturini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
LiveBarchasi