Markaziy bankka rais tayinlandi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senatining bugun, 28 may kuni bo‘lib o‘tayotgan 26-yalpi majlisida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovning 5 yillik vakolat muddati tugashi munosabati bilan MB raisini tayinlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Mamarizo Nurmurodovni Markaziy bank raisi lavozimiga yana besh yilga tayinlash bo‘yicha Senatga taqdimnoma kiritilgan.

Yalpi majlisda Senat raisi Tanzila Norboyeva senatorlarga yuzlanib, Markaziy bank raisiga savol va takliflar berish mumkinligini aytdi. Barcha senatorlar bir ovozdan o‘tgan besh yilda Markaziy bankni boshqargan va yangi besh yillik uchun da’vogarlik qilayotgan 62 yashar Nurmurodovni savolga tutish imkoniyatini rad etdi. 

Mamarizo Nurmurodov nomzodi Markaziy bank raisligiga betaraflar va qarshilarsiz bir ovozdan ma’qullandi. Norboyeva unga sermashaqqat faoliyatida omad tilab, yana bir bor Prezidentning ishonchiga sazovor bo‘lgani bilan tabrikladi. 

Ma’lumot uchun, Mamarizo Nurmurodov 1960 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1977 yili Toshkent xalq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirib, 1982 yili Leningrad iqtisodiyot-moliya institutini tamomlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank Mamarizo Nurmurodov

Baholaganlar

385

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing