Markaziy bank O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdorini ma’lum qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekistonning joriy yilning 9 oyi uchun to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga, 2019 yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi ko‘rsatkichlarining shakllanishiga tashqi qarzdorliklarning ortishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning jalb qilinishi hamda ular bo‘yicha “yig‘ilib qolgan” majburiyatlarning so‘ndirilishi va kelib tushayotgan transchegaraviy pul o‘tkazmalarining o‘sishi kabi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Yuqorida keltirilgan omillarning ta’siri ostida to‘lov balansining joriy hisobi 1,4 mlrd dollarga teng defitsitni ko‘rsatdi. Bunda, savdo balansi va xalqaro xizmatlarning manfiy saldosi (6,1 mlrd dollar) birlamchi va ikkilamchi daromadlarning musbat saldosi (4,7 mlrd dollar) bilan qisman qoplandi.

Shu bilan birga, moliyaviy hisobning manfiy saldosi rezidentlar moliyaviy majburiyatlarining ko‘payishi (6,1 mlrd dollar), shuningdek rezidentlar tomonidan moliyaviy aktivlarning sotib olinishi (1,3 mlrd dollar) natijasida 4,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Bunda, rezerv aktivlari 662 mln dollarga ko‘paydi.

O‘zbekiston Respublikasining sof investitsion pozitsiyasi joriy yilning 1 oktyabrida 13,7 mlrd dollarni tashkil qildi. Bunda, qolgan mamlakatlarga nisbatan davlat boshqaruvi va bank sektorlari “sof kreditorlar”, boshqa sektorlar esa “sof qarzdorlar” hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining jami tashqi qarzi joriy yilning 1 oktyabrida 21,5 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lib, undan 13,8 mlrd dollari davlat sektorining qarzlari, 7,7 mlrd dollari xususiy tashqi qarz hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

qarz Markaziy bank

Baholaganlar

148

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing