Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
28 may 2019 4393 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi farmoniga muvofiq Ilxomjon Abduxalilovich Abdug‘afforov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ilxomjon Abdug‘afforov 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1995 yilda Toshkent Davlat universitetini, 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Kibernetika instituti aspiranturasini tamomlagan. Amaliy matematika mutaxassisligiga ega. Shuningdek, texnika fanlar nomzodi hisoblanadi.
Bunga qadar, u O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28