Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
19 fevral 2019
10492O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki raisiga yangi o‘rinbosari tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning kecha, 18 fevral kuni imzolagan PF-5665 sonli farmoniga muvofiq Bobir Yuldashovich Abubakirov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy bank Matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Abubakirov shu kungacha Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.
Uning vazifa majburiyatlari quyidagicha:
naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti, Moliya-iqtisod departamenti, Ishlar boshqarmasi, Birinchi bo‘lim, Safarbarlik ishlari va fuqaro muhofazasi bo‘limi faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
unga Markaziy bankning rezerv fondlarini tasarruf etish huquqi beriladi;
Markaziy bank tasarrufidagi “Respublika inkassatsiya xizmati” davlat unitar korxonasi, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi (Qog‘oz fabrikasi, Bosma fabrikasi, Zarbxona) ishini muvofiqlashtirib turadi;
Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari ish faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tezkor hal etish ishlarini tashkil qiladi va ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
LiveBarchasi