Markaziy bank raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ibrohimovich Norqulov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Manbamizning ma’lum qilishicha, u boshqa ishga o‘tkazilgan.

Uning o‘rniga Botir Erkinovich Zohidov Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. U bungacha Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ilhom Norqulov 2019 yil mayida Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Botir Zohidov esa 2017 yil avgustidan buyon MB raisi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank tayinlov

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing