Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Jamiyat

image

Markaziy bank boshqaruvi 2023 yil 27 iyuldagi yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.

Regulyatorning qayd etishicha, inflyatsiya va inflyatsion kutilmalarning pasayishiga qaramasdan, narxlarga talab omillari bilan bog‘liq bosimlar saqlanib qolmoqda.Yil yakuniga qadar inflyatsiyaning prognoz doirasida bo‘lishini ta’minlash maqsadida asosiy stavka o‘zgartirilmagan.

Umumiy inflyatsiya yil boshidan pasayuvchi dinamikani ko‘rsatib, iyun oyida yillik 9 foizni tashkil qildi. Bunda o‘tgan yilgi yuqori baza effekti ta’sirlari tugab borishi, import tovarlari va tartibga solinadigan narxlar nisbatan barqaror bo‘lganligi asosiy pasaytiruvchi omillardan bo‘lgan. 

Ma’lumot o‘rnida, regulyator oxirgi marta 16 mart kuni stavkani o‘zgartirgan va 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 14 foiz darajada belgilashga qaror qilgandi. Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2023 yil 14 sentyabrga belgilangan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing