Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
Jamiyat
−
21 aprel 2022 5522 1 daqiqa
Bugun, 21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Unda asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Regulyator mazkur qaror yuzasidan qo‘shimcha izoh berishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank joriy yilning 17 mart kuni asosiy stavkani 17 foiz etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Bungacha 2020 yil 10 sentyabrdan beri asosiy stavka 14 foizlik darajada o‘zgarmay kelayotgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr