Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
Jamiyat
−
17 iyun 1953 1 daqiqa
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvining bugun, 17 iyundagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Regulyator bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil may oyida umumiy inflyatsiya yillik 5,5 foizgacha, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizgacha pasaygan. Umumiy inflyatsiya 2026 yil yakunida 6,5 foiz atrofida, iqtisodiy o‘sish prognozi esa 7–7,5 foiz darajasida saqlab qolingan.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning iyun oyidan energiya resurslari tariflarining oshirilishi inflyatsiyaga qisqa muddatli ta’sirga ega bo‘ladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati esa inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajaga pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining xarid qobiliyatini saqlashga qaratilgan bo‘lib qoladi.
Axborotda aytilishicha, asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2026 yil 29 iyul kuniga belgilangan.

Live
BarchasiToshkentdagi uyga o‘t ketdi
14 iyul