Markaziy bank 9 ta bankka ogohlantirish berdi
Jamiyat
−
12 yanvar 12157 2 daqiqa
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2024 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda 37 ta masala ko‘rib chiqildi va qator banklarga ogohlantirish berilgani haqida tegishli qarorlar qabul qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishlarda ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 27 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (7 ta), yangi ochilayotgan mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish (4 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (7 ta), tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari va muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (7 ta) kabi masalalar ko‘rilgan.
Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi hamda tijorat banklari, mikromoliya tashkiloti va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirishlar natijalari ham muhokama qilingan.
Tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar, jumladan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablariga, shuningdek, valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya qilmagani uchun 9 ta bank, 2 ta lombard va 1 ta mikromoliya tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Shuningdek, amaldagi qonunchilik, Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 1 ta bank, 1 ta lombard va 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llangan.
Live
Barchasi