Markaziy bank 15 ta tijorat bankiga sanksiya e’lon qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatdagi 15 ta tijoriy bankni naqdlashtirib bermaslik bilan bog‘liq holatlar sabab jazoladi. Bu haqda regulyator Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilda Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tomonidan Xorazm, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Ushbu hududlardagi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan tijorat banklariga nisbatan (Agrobank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Milliy bank, O‘zsanoatqurilishbank, Ipoteka-bank, Hamkorbank, Qishloq qurilish bank, Asaka bank, Aloqabank, Turonbank, Trastbank, Ipak yo‘li banki, Davrbank va Infinbank) belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanildi. 

Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga terminallardan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarning takrorlanmasligi uchun zaruriy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan hamda ularning ijrosi doimiy nazoratga olingan.

Markaziy bank tijorat banklarini kelgusida shu kabi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan bank xodimlariga nisbatan egallab turgan lavozimidan chetlatishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llanilishini talab etishi to‘g‘risida ogohlantirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

385

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing