Markaziy bank “Halyk bank”ga O‘zbekistonda filial ochish uchun litsenziya berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi “Tenge bank” aksiyadorlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bankning telegramdagi kanalida ma’lum qilindi.

"Halyk bank" O‘zbekistonda filial ochish niyatida ekanini ma’lum qilgan birinchi Qozog‘iston banki bo‘ldi. Endi Toshkent shahrida moliyaviy tashkilotning sho‘’basi - “Tenge bank” faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi.

Halyk Bank Rossiya, Qirg‘iziston, Gruziya va Tojikistonda sho‘’balarga ega. O‘zbekiston bozoriga kirish bank uchun rivojlanish strategiyasining mantiqiy davomi bo‘ldi. Shuningdek, "Halyk bank" O‘zbekistonda o‘z filialiga ega bo‘lgan Qozog‘istonning birinchi bankiga aylanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank "Halyk bank"

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing