Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘i bilan podpolkovnik Nuriddin Bahriddinovich Qodirov Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Podpolkovnik Nuriddin Qodirov 2019 yilning aprel oyidan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan edi.

Nuriddin Qodirov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini va Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagan. Xizmati davomida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlarida quyi pog‘onalardagi lavozimlardan o‘tgan. Shuningdek, Mudofaa vazirligida Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ham xizmat qilgan.

Avvalroq, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga yangi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Markaziy harbiy okrug

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing