Mark Ryutte NATO Bosh kotibi lavozimiga tasdiqlandi

Olam

image

NATOga a’zo davlatlar Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutteni alyansning yangi Bosh kotibi etib sayladi. U oktyabr oyida norvegiyalik Yens Stoltenbergning o‘rnini egallaydi. Bu haqda alyansning tegishli bayonoti e’lon qilindi.

“Shimoliy Atlantika kengashi Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutteni NATOning navbatdagi Bosh kotibi etib tayinlashga qaror qildi, u bu lavozimda Yens Stoltenberg o‘rniga keladi”, deyiladi NATO saytida.

Yens Stoltenberg "NATO ittifoqchilari tanlovini iliq kutib oldi". U Ryutteni transatlantizm tarafdori, kuchli yetakchi va konsensus yaratishga qodir inson sifatida ta’rifladi.

“Men unga NATOni yanada mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tilayman. Men NATOni ishonchli qo‘llarga topshirib ketayotganimni bilaman”, deb yozdi Stoltenberg X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ma’lumot uchun, Mark Ryutte 57 yoshda. U 2010 yil oktyabr oyidan beri Niderlandiya hukumatini boshqarib kelmoqda. 2023 yilgacha u o‘ng qanot liberal partiya yetakchisi bo‘lgan. 2023 yilda Bosh vazir o‘z hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi, chunki koalitsiya migratsiya kuchayishi masalasida kelisha olmadi. Uning hukumati yangi Vazirlar Mahkamasi tayinlanmaguncha o‘z majburiyatlarini bajaradi.

Yens Stoltenberg 65 yoshda va 2014 yildan beri NATOni boshqarib keladi. Uning ikki to‘rt yillik vakolatlari 2022 yil oktyabr oyida tugadi, biroq ittifoqchilar Rossiya-Ukraina mojarosi tufayli ikki marta uning vakolatini uzaytirdi. Stoltenberg NATO Bosh kotibi etib tayinlanishidan oldin Norvegiya Bosh vaziri bo‘lgan va federal hukumatda boshqa lavozimlarda ham ishlagan. Sotsial-demokratik mehnat partiyasini boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Yens Stoltenberg Mark Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made