Marg‘ilonda qurilishi tugallanmagan bino yerto‘lasidan erkak jasadi topildi
3-sahifa
−
06 iyun 2022
13616Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridagi ichkilikbozlik bir odamning o‘limi bilan yakunlangan jinoyatga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Marg‘ilonning Pichoqchi mahallasidagi Xiyobon ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino yerto‘lasidan 1960 yilda tug‘ilgan fuqaro tanasida turli xildagi jarohat izlari bilan, jonsiz holatda topilgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatni Farg‘ona shahrida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etgani aniqlanib, ushlangan.
Surishtiruvlardan ayon bo‘lishicha, gumondor va jabrlanuvchi avvaldan tanish bo‘lgan va jinoyat sodir etilgan joyda birga spirtli ichimlik ichishgan. Shundan so‘ng o‘zaro janjallashib, biri ikkinchisiga og‘ir jarohat yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
LiveBarchasi