Marg‘ilonda haddidan oshayotgan Gentra’si bor “katta bolalar” ogohlantirildi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida qora rangdagi Gentra avtomobili egalari bo‘lgan “katta bolalar” bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ayni kunlarda Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida aynan qora rangdagi Gentra rusumli avtomashina haydovchilari tomonidan davlat raqam belgisini yechib olib, harakatlanish holatlari ko‘p uchramoqda. 

“Mazkur holat yuzasidan yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilyapti.

O‘tkazilgan profilaktik tadbirda viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikromov shaxsan ishtirok etib, Gentra avtomashinalari haydovchilari bilan suhbatlashdi. 

Unda yuqoridagi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, aks holda haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilishi, avtomashina esa, jarima maydoniga olib kirilishi tushuntirildi”, deyiladi IIB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada ko‘cha bolalariga nisbatan katta tozalash boshlangan edi. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar doirasida 20 dan ortiq fuqarolar, jumladan MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov qo‘lga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Marg'ilon katta bolalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing