Mareska “Manchester Siti” bosh murabbiyi etib tayinlandi
Sport
−
29 iyun 2489 1 daqiqa
“Manchester Siti” italiyalik mutaxassis Enso Mareskani jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlaganini e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tomonlar 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.
Enso Mareska joriy yilning yanvar oyida Londonning “Chelsi” klubini tark etganidan so‘ng erkin agent maqomiga ega edi.
Italiyalik mutaxassis uchun “Manchester Siti” uchun begona jamoa emas. U 2022–2023 yillar davomida Pep Gvardiola murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Mareska avvalroq klubning yoshlar jamoalarida ham ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 22 may kuni “Manchester Siti” rasmiy saytida Pep Gvardiola 2025-2026 yilgi mavsum yakunidan so‘ng bosh murabbiylik lavozimini tark etishi haqida ma’lum qilgan edi. Garchi uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ispaniyalik mutaxassis klubni rejadan oldin tark etishga qaror qilgan.
Live
Barchasi