Mareska APLda noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Enso Mareska Angliya Premer-ligasida noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etildi. Bu haqda Premer-liganing rasmiy sayti xabar berdi.

Italiyalik mutaxassis ushbu mukofot uchun kurashda Mikel Arteta, Unai Emeri, Pep Gvardiola, Fabian Hyurseler va Marko Silvani ovoz berishi jarayonida ortda qoldirib, sovrinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur sovrin “Chelsi”ning noyabr oyida Premer-ligada mag‘lubiyatsiz davom etgani bilan izohlanadi. Londonliklar bu davrda to‘rtta uchrashuvda uchta g‘alaba va bir durang qayd etdi.

Noyabr oyi “Chelsi” uchun “Tottenxem” ustidan London derbisidagi 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshlandi. Shundan so‘ng jamoa “Vulverxempton”ni 3:0, “Byornli”ni esa 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Oy “Stemford Bridj”da “Arsenal”ga qarshi bahsda 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Shuningdek, “Brentford” hujumchisi Igor Tiago APLda noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan klub tarixidagi ilk futbolchisiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kremoneze” hujumchisi Jeymi Vardi noyabr oyida A Seriyaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Prem'er-liga “Chelsi” Entso Mareska

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing