Maradonaning o‘limida yangi gumonlanuvchilar paydo bo‘ldi

Sport

image

Argentina prokuraturasi o‘tgan yilning 25 noyabrida vafot etgan afsonaviy sobiq futbolchi Diyego Maradonaning o‘limi bo‘yicha tergovni davom ettirmoqda va ushbu ishda uch nafar yangi gumonlanuvchi paydo bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, prokuratura argentinalikning o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lish ehtimoli bor uch nafar tibbiyot xodimiga nisbatan tergov boshlagan. Gumon qilinuvchilar orasida Maradona vafotidan bir necha oy oldin u bilan birga ishlagan psixolog Karlos Diaz va ikki nafar hamshira – Diana Jisela Madrid va Rikardo Almiron ham bor.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Diyego Maradona 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak huruji sabab bo‘ldi. Uning dafn marosimi Buenos-Ayresda o‘tkazildi. Marosim vaqtida afsonaning muxlislari tartibsizliklar keltirib chiqardi.

Avvalroq, Maradonaning jasadi eksgumatsiya qilinishi va maxsus qurilgan maqbaraga joylashtirilishi mumkinligi aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

456

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing