Maradona o‘ldirilganmi? Argentinada futbolchining yaqinlari namoyishga chiqdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Argentinada Diyego Armando Maradonaning muxlislari va oila a’zolari afsonaviy futbolchining o‘limi sabablarini surishtirishni talab qilib, miting o‘tkazdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar tarqatdi.

Yuzlab namoyishchilar Argentina poytaxti Buenos-Ayresning markazida bunyod etilgan zamonaviy yodgorlik - Obeliskda to‘plandi. 

Namoyishchilar Maradonaning o‘ldirilganini da’vo qilmoqda va jinoyatda aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda. 

Aksiyada futbolchining kichik o‘g‘li Diyegito Fernando Maradona, qizlari Dalma va Janina, sobiq rafiqasi Klaudiya Villafane ham ishtirok etgan. 

Ma’lumot uchun, argentinalik futbolchi Diyego Armando Maradona o‘tgan yili 25 noyabrda 60 yoshida vafot etgandi. 

Argentina OAVga ko‘ra, Maradona Buenos-Ayres provinsiyasining Tigre shahrida yurak va o‘pka muammolari tufayli vafot etgan. 

Maradonaning o‘limidan so‘ng boshlangan tergov doirasida 7 kishi, jumladan, futbolchining shifokori Leopoldo Luke va psixiatr Agustina Kosacheva uning o‘limida ayblanmoqda. Hozirda tergov jarayonlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina Maradona

Baholaganlar

156

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing