Maoshsiz qolgan Alvesh “Barselona”ga qaytmoqchi

Sport

image

“Barselona”ning sobiq futbolchisi Dani Alvesh jamoaga qaytishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Alvesh joriy yilning sentyabrida “San-Paulu” bilan maosh bo‘yicha qarzdorlik sababli shartnomasini bekor qildi va erkin agentga aylandi. Lekin, braziliyalik futbolchi kelasi yil 1 yanvardan yangi klubga o‘tishi mumkin.

Shunga qaramay, 38 yoshli himoyachi allaqachon kataloniyaliklar rahbariyati bilan bog‘lanib, o‘z xizmatlarini taklif qilgan va bu vaziyatda pul uning uchun muhim emasligi va kam maoshga rozi bo‘lishga tayyorligini bildirgan. U “Barselona”da 2008 yildan 2016 yilgacha to‘p surgan va Kataloniya klubi tarkibida 391 o‘yin o‘tkazib, 21 gol va 101 golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Dani Alvesh turli vaqtlarda Braziliyaning “Baxiya”, Ispaniyaning “Sevilya”, Italiyaning “Yuventus” va Fransiyaning PSJ klublarida o‘ynagan. Faoliyati davomida 43 ta musobaqada g‘olib bo‘lgan va tarixdagi eng ko‘p sovrin qo‘lga kiritgan futbolchi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Braziliya Joan Laporta Alvesh San Paulu

Baholaganlar

210

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing